O‘zbekistonda 8-sentabr kuni COVID-19 ga qarshi 281 054 doza vaksina qo‘llandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 48 023 doza birinchi bosqichda, 188 035 doza ikkinchi bosqichda va 44 996 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.
Shu kungacha O‘zbekistonda jami 15 978 140 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 9 787 973 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 4 630 344 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 1 559 823 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 2 710 887 nafarni tashkil qilmoqda.
Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Andijon viloyati (36 555 doza),
- Farg‘ona viloyati (36 324 doza),
- Samarqand viloyati (25 630 doza) band qildi.
- Farg‘ona viloyatida 1 837 042 doza,
- Namangan viloyatida 1 776 892 doza,
- Andijon viloyatida 1 716 616 dozani tashkil qilmoqda.