Apple kompaniyasining onlayn taqdimoti 14-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Taqdimot davomida kompaniyaning yangi qurilmalari — iPhone 13, Apple Watch Series 7 smart-soati, AirPods 3 va yangi iPad plansheti taqdim etilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Gizmochina

Yangi lineykadagi smartfonlar yaxshilangan akkumulyatorlarga ega bo‘ladi. Ammo bunga xursand bo‘lish kerak emas: ushbu o‘zgarish 120 gertsli ekran rejimining ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi — smartfonlar ekrandagi kontentdan kelib chiqib, optimal kadr chastotasini tanlay oladi.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, bir kristalli Apple A15 tizimi smartfonlarning energiya sarfini 15-20 foizga tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, qurilmalar adaptiv tasvir yangilanish chastotasiga ega yangi ekranlarga ega bo‘ladi.

Avvalroq internetda iPhone 13 Pro’ning quvvatlantirish “razyom”isiz tasvirlangan suratlari tarqalgan, Apple kompaniyasi iPhone 13 modellari taqchil bo‘lishidan ogohlantirgan edi.