Daryo

Internetda iPhone 13 Pro’ning quvvatlantirish razyomisiz tasvirlangan suratlari tarqaldi

Apple MagSafe magnit quvvatlantirgichlari hisobiga portlardan voz kechishi haqida mish-mishlar ancha oldin tarqalgan edi

1 daqiqa o‘qish23 884 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Internetda iPhone 13 Pro’ning kulrang va binafsha rangidagi sifatli tasvirlari paydo bo‘ldi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Ayni vaqtda ushbu smartfonlar haqiqiymi yoki aksessuar ishlab chiqaruvchilar uchun taqdim etilgan aniq maketlarmi, noma’lum.

Suratlarga ko‘ra, iPhone 13 Pro’ning asosiy o‘ziga xosligi — Face ID tizimi bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan kamera va boshqa datchiklar joylashgan qirqimning kichraygani, shuningdek, quvvatlantirish razyomining yo‘qligi.

Ikkala suratda smartfonlarning pastki qismida, avvallari Ligthning razyomi joylashgan joyda ikkita kichik magnit kontakt joylashganini ko‘rish mumkin. Apple MagSafe magnit quvvatlantirgichlari hisobiga portlardan voz kechishi haqida mish-mishlar ancha oldin tarqalgan edi.

Foto: IXBT

iPhone 13 lineykasining taqdimoti 2021-yilning sentabriga mo‘ljallangan.

Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 13 modellari taqchil bo‘lishidan ogohlantirgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar