Daryo

iPhone 13 Pro’ning noodatiy ranglardagi tasviri e’lon qilindi

Bu haqiqiy surat emas, balki ko‘plab mish-mishlar asosida grafik tahrirlagichda ishlangan konsept-artlar hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish31 808 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / @BenGeskin

Ben Geskin ismli taniqli insayder iPhone 13’ning yangi — bronza va odatiy ko‘k rangdagi tasvirlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Ta’kidlanishicha, bu haqiqiy surat emas, balki ko‘plab mish-mishlar asosida grafik tahrirlagichda ishlangan konsept-artlar hisoblanadi.

Foto: Twitter / @BenGeskin

Shuningdek, internetda yangi iPhone 13 ning Pro versiyasining qora xira rangli tasvirini ham uchratish mumkin:

Foto: Twitter / @BenGeskin

Avvalroq Apple kompaniyasining 2021-yilda taqdim etiladigan iPhone lineykasida tilla rangning ikkita yangi jilosi paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Xususan, e’lon qilingan kadrlarda Pro Max to‘rt xil rangda tasvirlangan. Oq va qora ranglari bilan bir qatorda (ular Pearl va Matte Black nomli) Apple tilla rangining yangi ikkita jilosiga ega variantlarni — Sunset Gold va Rose Gold’ni taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Apple o‘zining yangi seriyasi uchun qaysi ranglarni tanlagani tez orada ma’lum bo‘ladi. Kompaniyaning onlayn taqdimoti sentabr oyining uchinchi haftasiga mo‘ljallangan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar