Dunyo va O‘zbekistonning turli burchaklaridan 8-sentabrda olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida hibsda bo‘lgan Belarus muxolifati siyosatchisi Mariya Kolesnikova tasvirlangan grafitini o‘chirayotgan ishchilar. Suratda: “Biz va sizning erkinligingiz uchun” deb yozilgan.

Foto: Reuters

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 8-sentabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida O‘zbekiston Prezidentligiga partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodi qurultoy delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rossiyaning Noginsk shahridagi to‘qqiz qavatli binoda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda devor qulab tushdi. Oxirgi ma‘lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi jarohatlangan. Qutqaruv ishlariga 173 kishi va maxsus itlar jalb qilingan.

Foto: “TASS”

Nyu-York moda haftaligida 2022-yil bahor-yoz mavsumi uchun Kristian Siriano kolleksiyasini namoyish qilayotgan model.

Foto: “TASS”

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 8-sentabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida delegatlar O‘zbekiston Prezidentligiga partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov nomzodini tasdiqlamoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

AQShda 2001-yil 11-sentabr hujumlarining 20 yilligiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ilgari Jahon savdo markazi majmuasi joylashgan joyda vayron qilingan egizak minoralarni eslatuvchi ikkita kuchli projektor yordamida installyatsiya yaratildi.

Foto: Getty Images

Salvador aholisi kriptovalyutani qonuniylashtirishga qarshi chiqdi. Salvador bitkoinni rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

Foto: EPA

Britaniyaning samolyot tashuvchi harbiy kemasi Queen Elizabeth Yaponiyaning Yokosuka harbiy bazasi portini tark etdi. Buyuk Britaniyaning samolyot tashuvchi harbiy kemasi sentabr oyida qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun Yaponiyaga tashrif buyurgandi.

Foto: Getty Images

Rossiyaning Kiselevsk shahrida joylashgan maktabda o‘qigan ikki qizning o‘ldirilishi munosabati bilan ta’lim dargohi yaqinida gullar va yumshoq o‘yinchoqlar paydo bo‘ldi. 6-sentabr, dushanba kuni Kiselevskda ikkita o‘quvchi qiz o‘g‘irlab ketildi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, ilgari sudlangan, 41 yoshli Miski shahrining fuqarosi qo‘lga olindi.

Foto: “TASS”

Suriyalik qochqin qiz ramzidagi 3,5 metrli qo‘g‘irchoq Suriya–Turkiya chegarasidan to Buyuk Britaniyaga qadar 8000 kilometr masofani bosib o‘tdi. Loyihadan maqsad jamoatchilik e‘tiborini migratsion inqirozga qaratish.

Foto: Getty Images

Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida toshqinlar yuzaga keldi.

Foto: Getty Images

Virjiniya shtatining Richmond shahrida Konfederatsiya generali Robert Li yodgorligi Black lives matter harakatining talabi bilan demontaj qilindi.

Foto: “TASS”

O‘ttiz daraja issiq va toza ob-havodan bahramand bo‘layotgan londonliklar.

Foto: “TASS”

Kobuldagi AQSh elchixonasining devoriga “Tolibon” bayrog‘i chizib qo‘yildi.

Foto: Getty Images

Sikhlar Amritsar shahridagi Oltin ma’badda avliyo Guru Grant Sahibning 417 yilligini nishonlash uchun sham yoqmoqda.

Foto: Getty Images

Eronning Zahedan shahrida joylashgan qochqinlar lageridagi Afg‘oniston fuqarolari.

Foto: Reuters

Boliviya poytaxti La-Pasda Morenada milliy raqs bayramida ishtirok etayotgan raqqosalar.

Foto: AFP

Xitoy moda haftaligida Chjan Xongveyning kolleksiyasini namoyish qilayotgan model.

Foto: AFP

Chuseok – Janubiy Koreyaning asosiy hosil bayramidan oldin Gvanju shahardagi milliy qabristonda qabrlar tartibga keltirilmoqda. Gvanjudagi ushbu qabristonda 1980-yil may oyida Chun Du Xvan harbiy xuntasiga qarshi norozilik namoyishlari paytida halok bo‘lgan yuzlab fuqarolar dafn qilingan.

Foto: EPA

Kongress va Oliy sud bilan kurashayotgan prezident Jair Bolsonaru tarafdorlari bilan o‘z qarorgohida Braziliyaning mustaqillik kuniga bag‘ishlangan katta yig‘ilishlar o‘tkazdi.

Foto: AFP