“Auto.ru” saytida 1150 ot kuchini taqdim etishga qodir olti silindrli motor o‘rnatilgan “Volga” sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Sotuvchining ta’kidlashicha, mashina soatiga 100 kilometr tezlikka 3,7 soniyada erishadi (Ferrari 458 Italia va Porsche 911 darajasida). Yangi BMW X1 narxida baholanayotgan avtomobil 3 ming kilometr yo‘l bosgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: “Auto.ru”

2006-yilda ishlab chiqarilgan “GAZ-31105”ning kapoti ostidan Garrett turboshishirgichiga ega 2JZ-GTE yapon dvigatel, qayta ishlangan yoqilg‘i tizimi va metanol puflagich o‘rin olgan. Dvigatel 1150 ot kuchi va 1200 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir, biroq kundalik foydalanish maqsadida quvvat 850 ot kuchiga qadar tushirilgan.

Foto: “Auto.ru”

Qayta ishlov berilgan jihatlari orasidan yana kuchaytirilgan avtomat uzatmalar qutisi va Mark II X100 detallariga ega orqa “podveska” o‘rin olgan. E’lon qilingan suratlarga ko‘ra, salonga Momo’ning sport turi va poygachilar uchun mo‘ljallangan Bride’ning kovshsimon o‘rindig‘i joylashtirilgan. E’lon muallifining ta’kidlashicha, konstruksiyaga kiritilgan o‘zgartirishlarning barchasi qonuniylashtirilgan.

Foto: “Auto.ru”

Sotuvchi avtomobil uchun 2,35 million rubl so‘ramoqda. Bu pulga Rossiyada bazaviy jamlanmaga ega yangi BMW X1 ni xarid qilish mumkin.

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Foto: “Auto.ru”

Avvalroq Rossiyada modifikatsiyasi bilan taniqli bloger shug‘ullangan eng qimmat Lada Vesta sotuvga qo‘yilgani, ukrainalik bloger XX asrning o‘rtalariga tegishli va hozirga qadar ideal holatda saqlangan ikkita noyob “Volga” videosi bilan bo‘lishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.