Dunyo bo‘ylab 27-avgust kuni olingan suratlarni namoyish etamiz.

Botsvanada ikkita qizil bufalo chug‘urchug‘i impalaning quloqlarini turli mayda hasharotlardan tozalamoqda.

Foto: Legion Media

Tayvanda 27 avgust kuni ketma-ket ikkinchi marta bironta ham koronavirusga chalinish holati qayd etilmadi.

Foto: “TASS”

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Guanabara ko‘rfazining ifloslangan suvlarida cho‘milayotgan bolalar.

Foto: Getty Images

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Bitlis qishlog‘i yaqinidagi qo‘ylar podasi.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Boltiq dengizi sohilidagi chag‘alaylar.

Foto: AP Photo

Novosibirsk viloyatida ArMI—2021 Xalqaro armiya o‘yinlari doirasidagi “Harbiy razvedka a’lochisi” tanlovining “Josus izi” bosqichi.

Foto: “TASS”

Germaniyaning Lyudvigsburg bog‘ida Qovoq ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya Afg‘onistondan 13 mingga yaqin odamni evakuatsiya qildi. Yuzlab britaniyaliklar afg‘on qochqinlariga o‘z uylaridan joy berishni taklif qildi.

Foto: Getty Images

Nepalda Narsimha bayramiga tayyorgarlik ko‘rgan bir guruh yosh qizlar.

Foto: EPA

Longbo ko‘rfazi ustida quyosh chiqishi, Xenan provinsiyasi, Xitoy.

Foto: “TASS”

Isroilda COVID-19 koronavirusining delta shtammiga chalinganlar soni ko‘paygani sababli yopiq joylarda niqob taqish majburiy qilindi.

Foto: EPA

Kolumbiyaning Buenaventura porti yaqinida o‘rkachli kit ko‘rinish berdi. Kit portdagilarga o‘z “salomini yo‘llab”, yana dengizga qaytib ketdi.

Foto: AFP

Moskva viloyatida o‘tkazilayotgan VII xalqaro armiya o‘yinlarida qatnashayotgan jangovar tank.

Foto: EPA

Yozda Shveysariyaning baland tog‘li o‘tloqlarida bo‘lgan sigir vertolyot yordamida tashib ketilyapti. Sigirning yozi juda maroqli o‘tganga o‘xshaydi.

Foto: Reuters

Bosniya va Gersegovinada amerikalik Endi Jons sho‘ng‘ish bo‘yicha Red Bull jahon seriyasi paytida 21 metrlik “Eski ko‘prik”dan sakradi.

Foto: Getty Images

Tibetda yig‘im-terim mavsumini nishonlash doirasidagi Shannan ot poygasida qatnashayotgan chavandoz.

Foto: Shutterstock

Hindistonning Juhu sohilida shar sotib yurgan ayol.

Foto: AP Photo

Kobuldagi portlash qurbonining shifoxonadagi jasadi yonida yig‘layotgan uning qarindoshi. Payshanba kuni Kobul xalqaro aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo‘ldi, o‘nlab afg‘on fuqarolari halok bo‘ldi va 140 kishi yaralandi. Bundan tashqari portlash oqibatida AQSh Qurolli Kuchlarining 13 askari vafot etgan.

Foto: EPA

Buyuk Britaniyadagi “Ken Foks devori” tomoshaxonasida namoyish o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Anqara shahridagi Wonderland Eurasia tematik bog‘i tashqarisida tashlab ketilgan dinozavr modellari.

Foto: Getty Images

Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan odamlar Albaniyaning Tirana shahri xalqaro aeroportiga yetib keldi.

Foto: Reuters