Mashhur turk aktrisasi Fahriye Evjenning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan plastik jarrohlikdan oldingi suratlari shov-shuvga sabab bo‘ldi va yana bir bor aktrisa qiyofasidagi o‘zgarishlar mavzusi ko‘tarildi, deb yozmoqda “RusTurkey.com”.
Aktrisaning o‘zi jarrohlik amaliyotini rad etishiga qaramay, mutaxassislar va plastik jarrohlar yulduzning plastik jarroh xizmatidan foydalanganiga ishonchi komil.
Avval ham ismi sir bo‘lib qolishini istagan istanbullik plastik jarrohlardan biri aktrisaning tashqi ko‘rinishida professional darajadagi jarrohlik amaliyoti bo‘lgani kunday ravshan ekanligini ta’kidlagan edi. Taxminlarga ko‘ra, aktrisa yonoq suyagi va lab shaklini o‘zgartirgan, rinoplastika qildirgan.
Navbatdagi munozaralar to‘lqinidan so‘ng jurnalistlar izoh olish uchun aktrisaning o‘ziga murojaat qilishdi. Evjen bunday xabarlarni anchadan beri o‘qimaganini aytib, ularni kulgili deb atadi.
“Omma e’tiboridagi odamlar tashqi qiyofasini tez-tez o‘zgartirishadi, ammo men bunday qilmadim. Odamlar yoshi o‘tgani sayin ham tashqi jihatdan o‘zgaradi, bu normal holat va bu o‘zgarishlar har doim ham plastik jarrohlik natijasi emas”, — deydi u.
Avvalroq yana bir mashhur turk aktrisasi Xande Erchel Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha Neslihan Atagul va Fahriye Evjenni ortda qoldirgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)