Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida 27 yoshli yigit kar-soqov qizni kaltakladi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, video Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Janjallashgan fuqarolarning shaxslari aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 20-avgust kuni soat 08:00 da Chilonzor tumani “Sharq” mahallasi hududida 22 yoshli M.M. va 27 yoshli U.K. o‘rtasida pul sababli janjal kelib chiqqan. Badan shikastlari og‘irligi darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tergov oldi tekshiruvi natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Bundan avval Samarqandda go‘zallik salonida ishlaydigan ayolni mast erkak ayovsiz kaltaklagani, Namanganda shifokorni kaltaklagan aka-uka ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani hamda Toshkentda imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagan ayol qilmishidan pushaymonligini aytib, uzr so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi