Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tokio—2020 Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovga Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Skoda Kodiaq avtomobili topshirildi.

Kollaj: “Daryo” / Boburxon Hamidxonov

Kollaj: “Daryo” / Boburxon Hamidxonov

So‘nggi yillarda bokschilarga mashina yoki uy sovg‘a qilinishi yangilik emas. “Daryo” O‘zbekiston boks terma jamoasi yetakchisi shu vaqtga qadar qo‘lga kiritgan mukofotlarni sanab o‘tadi.

Jalolovning asosiy muvaffaqiyatlari 2019-yildan boshlandi. Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodirga Termiz markazidan ikki xonali uy kaliti topshirildi.

Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

O‘sha yili Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida birinchi o‘rinni olgach, sovg‘alar qurshovida qoldi. Avvaliga boshqa chempionlar qatori unga Chevrolet Tracker avtomobili mukofot tariqasida berildi.

Foto: Boks federatsiyasi

Foto: Boks federatsiyasi

Tracker’dan hech qancha o‘tmay, musobaqaning eng yaxshi bokschisi sifatida e’tirof etilgan Bahodir Jalolovga Toshkent shahridan uy sovg‘a qilindi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Surxondaryoda ham Bahodirning yutug‘i yuqori baholandi. Viloyat hokimligi bokschiga 200 million so‘m miqdorida pul mukofoti berdi.

Bokschi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma oldi. Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritganlar qatorida Bahodirga ham 100 million so‘m miqdorida rag‘batlantirish berildi.

Olimpiya o‘yinlaridagi g‘oliblik orqali Jalolov Prezident tomonidan va’da qilingan 200 ming AQSh dollariga ega chiqdi. Chempion Toshkentga yetib kelgach, unga Chevrolet Tahoe avtomobili kaliti topshirildi. Shuningdek, oltin medal egalariga Toshkent shahridan 3 xonali 4 sotixli hovli berildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Surxondaryo hokimligi ham Bahodirning yutug‘ini befarq qoldirmadi va unga Skoda Kodiaq avtomobilini topshirdi.

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?