Daryo

Bahodir Jalolovga 2 xonali uy sovg‘a qilindi

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgandi

1 daqiqa o‘qish104 212 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolovga (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) Termiz shahridan 2 xonali uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

Viloyat hokimligida sportchi yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda sportda erishgan yutuqlari uchun Bahodir Jalolovga Termiz shahridan 2 xonali uyning kaliti topshirildi.

Ma’lumot uchun, Jalolov 1994-yilning 8-iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar