Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov qarshilik chempion yigit o‘limida gumonlanganlarning yetti nafari jinoyat sodir etilgan kuni — 2021-yilning 17-avgust kuni qo‘lga olinganini, jinoyat tashkilotchisi deya taxmin qilinayotgan asosiy gumonlanuvchi esa 18-avgust kuni soat 17:05 da Chiroqchi tumanida qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasida bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Oliy sud raisi Kozimjon Komilov ishtirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar qildi “Daryo” muxbiri.

Po‘lat Bobojonov.

Po‘lat Bobojonov.
Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, jinoyatda gumonlanuvchilar viloyatning Chiroqchi tumani va Qarshi shahri hududida qo‘lga olingan.

Foto: “Daryo”

“Gumonlanuvchilarning dastlabki uch nafari — biri shifoxonada, ikki nafari ko‘chada ushlangan. Qolgan to‘rt nafaridan biri 15:30 da Qarshi shahridan, yana biri 16:30 da Chiroqchi tumanining Chiyali qishlog‘idan, keyingisi 20:05 da va to‘rtinchisi 21:30 da Qarshi shahridan ushlangan. O‘sha kuni yetti nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan bo‘lsa, bir nafar asosiy gumonlanuvchi Zuhriddin Boymirzayev qochib ketgan. Ammo ertasi kuni 18-avgust kuni 17:05 da yashirinib yotgan yeridan, Chiroqchi tumanidan ushlab kelingan”, — deydi ichki ishlar vaziri.

Vazirning aytishicha, holat bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, voqea aybdorlari va holatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan Ichki ishlar xodimlari harakatiga ham huquqiy baho beriladi.

“Voqea aybdorlariga, voqeaning kelib chiqishiga sababchi bo‘lganlarga ham, albatta, chora ko‘riladi. Bizda ham, prokuraturada ham shunday buyruq bor. Voqea haqida har daqiqada axborot berib boramiz”, — dedi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov.

Matbuot anjumanida so‘z olgan bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev esa voqea Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinib, barcha ma’lumotlar prokuraturada jamlanayotganini, OAV vakillari va blogerlar shu masalada o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga Bosh prokuratura axborot xizmati, viloyat prokurori matbuot kotiblari orqali ma’lumot olishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda