Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (8-2) O‘zbekiston vaqti bilan 22-avgust tongida UFC promoushenida debyut qiladi. Bu haqda sportchi “Daryo” bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.

Foto: Instagram / Saidyoqub Qahramonov

Foto: Instagram / Saidyoqub Qahramonov

Yengil (-61 kg) vazn toifasida harakat qiluvchi Qahramonovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sportchi UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. U 18-avgust kuni Toshkentdan AQShga uchib ketadi.

Qahramonov 21-avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 22-avgust tongi) Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC on ESPN 29 musobaqasida jang qiladi. Unga guamlik Trevin Jons (13-6) raqib bo‘ladi.

Avvaliga Jons Mana Martinesga qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgandi. Biroq bu jang bekor qilingan. Qahramonov jangga bir necha kun qolganda Martinesning o‘rinini egallashi ma’lum bo‘lgan.

Shu tariqa Qahramonov UFC’da jang qiladigan to‘rtinchi o‘zbekistonlik bo‘ladi. Ayni vaqtda Mahmud Murodov, Zarrux Adashev va Liliya Shokirova ushbu promoushenda harakat qilmoqda.

Saidyoqub Qahramonov 1995-yilning 14-noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Shu vaqtga qadar sportchi professional MMA’da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yutqazgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hozirda UFC’da ishtirok etayotgan Umar Nurmagomedovdan qabul qilib olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshi uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi