• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Atlantadan Tokiogacha. O‘zbekiston o‘zi qatnashgan Olimpiadalarda qanday natijalarga erishgan?

    Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 5 ta medal qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi. Ushbu ko‘rsatkich medallar sifati bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi ikkinchi natija bo‘ldi. Shunday ekan, O‘zbekiston qatnashgan barcha Olimpiadalar va ularda qo‘lga kiritilgan medallar haqida fikr yuritishning ayni vaqti.

    O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi qatnashgan yettita Olimpiadada jami 36 ta medalga ega chiqqan — 10 ta oltin, 6 ta kumush va 20 ta bronza.

    Eng ko‘p medalni bokschilar keltirgan — 15 ta. Kurash vakillari 8 ta medalga (6 ta erkin kurash, 2 ta yunon-rum) ega chiqqan bo‘lsa, dzyudochilar O‘zbekistonga 7 ta medal keltirgan. Uchta medal og‘ir atletikachilar tomonidan qo‘lga kiritilgan, ikki medalga yengil atletikachilar ega chiqqan. Taekvondo bo‘yicha esa bitta medal qo‘lga kiritilgan.

    Atlanta—1996 (1 ta kumush, 1 ta bronza)

    Atlantadagi yozgi o‘yinlar 1996-yilning 19-iyul kuni start olgan va 4-avgustga qadar davom etgan. Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 12 ta sport turi bo‘yicha jami 71 ta yo‘llanma qo‘lga kiritadi. Debyut Olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar ikkita medalga ega chiqqan holda umumjamoa hisobida 197 davlat orasida 58-o‘rindan joy oladi.

    Armen Bagdasarov (chapdan birinchi)

    Armen Bagdasarov (chapdan birinchi)
    Foto: Getty Images

    Ushbu musobaqada -86 kg vazn toifasida ishtirok etgan dzyudochi Armen Bagdasarov O‘zbekiston safida yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk medalni (kumush) qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bokschi Karim To‘laganov -75 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga ega chiqadi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonning yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi debyuti: Atlanta—1996 haqida

    Sidney—2000 (1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza)

    Avstraliyada o‘tgan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi 2000-yilning 15-sentabridan 1-oktabrigacha bo‘lgan muddatda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston nomidan bu safar 12 ta sport turi bo‘yicha 70 nafar ishtirokchi qatnashadi. Delegatsiya a’zolari musobaqada umumiy hisobda 4 ta medal qo‘lga kiritadi va medallar kesimida 199 ta davlat ichida 43-pog‘onani band etadi. Bokschi Muhammadqodir Abdullayev yarim o‘rta vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonga Olimpiadalardagi birinchi oltinni taqdim etadi.

    Muhammadqodir Abdullayev

    Muhammadqodir Abdullayev
    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Erkin kurashchi Artur Taymazov (-130 kg) final bellashuvida mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan cheklangan bo‘lsa, bokschilar Rustam Saidov (+91 kg) va Sergey Mixaylov (-81 kg) bronza medalini qo‘lga kiritadi.

    Afina—2004 (2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza)

    Gretsiyaning Afina shahrida 2004-yilning 13-avgustidan 29-avgustigacha bo‘lib o‘tgan musobaqa O‘zbekiston uchun uchinchi Olimpiya o‘yinlari bo‘ladi. Unda O‘zbekistondan 70 nafar sportchi 13 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi va yakunda umumjamoa hisobida 43-o‘rinni egallaydi.

    Foto: Anvar Ilyosov

    Sidney Olimpiadasida kumush medalini qo‘lga kiritgan erkin kurashchi Artur Taymazov (-120 kg) bu safar oltin medalni o‘ziniki qiladi. Shuningdek, yunon-rum kurashchisi Aleksandr Dokturishvili (-74 kg) ham musobaqani shohsupaning eng yuqori pog‘onasida yakunlaydi.

    Erkin kurashchi Magomed Ibragimov (-96 kg) hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘yadi va kumush medalini o‘ziniki qiladi. Bokschilar Bahodirjon Sultonov (o‘ta yengil vazn) va O‘tkirbek Haydarov (yarim og‘ir) esa bronza medali bilan taqdirlanadi.

    Pekin—2008 (1 ta kumush, 3 ta bronza)

    Xitoy poytaxti mezbonlik qilgan musobaqa 2008-yilning 8-avgustidan 24-avgustigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondan 58 nafar sportchi 13 ta sport turi bo‘yicha bahslarda qatnashib, medallar kesimi bo‘yicha yakunda 204 ta davlat orasida 62-o‘rinni egallaydi.

    Abdulla Tangriyev

    Abdulla Tangriyev
    Foto: Google Images

    O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa yakunida 6 ta medal qo‘lga kiritadi, biroq keyinchalik erkin kurashchilar Artur Taymazov (oltin) va Soslan Tigiyevning (kumush) medallari antidoping qoidalari sabab ulardan olib qo‘yiladi. Shu tariqa O‘zbekiston 4 ta medal bilan qoladi.

    Pekin Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan sportchilar:

    • Abdulla Tangriyev (dzyudo, +100 kg) — kumush medal;
    • Anton Fokin (gimnastika, brus mashqlari) — bronza;
    • Rishod Sobirov (dzyudo, -60 kg) — bronza;
    • Yekaterina Xilko (gimnastika, batutda sakrash) — bronza.
    London—2012 (3 ta bronza)

    O‘zbekiston o‘zining ketma-ket beshinchi Olimpiadasida ishtirokchilar borasida antirekord o‘rnatadi. 2012-yilning 27-iyulidan 12-avgustiga qadar davom etgan musobaqada O‘zbekiston nomidan 13 sport turi bo‘yicha 58 nafar sportchi qatnashadi va umumjamoa hisobida 204 ta davlat ichida 72-o‘rinni egallaydi.

    Artur Taymazov va Soslan Tigiyevning Londondagi natijalari ham keyinchalik bekor qilinadi. Taymazov bu safar ham oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tigiyev bronzaga ega chiqqandi.

    Rishod Sobirov

    Rishod Sobirov
    Foto: “Gazeta.uz”

    Rishod Sobirov (dzyudo, -60 kg) ketma-ket ikkinchi marta bronza medalini qo‘lga kiritadi. Bokschi Abbos Atoyev esa yarim o‘rta vazn toifasida bronza medalini o‘ziniki qiladi. Yana bir bronza sohibi og‘ir atletikachi Ivan Yefremov (-105 kg) aslida musobaqada beshinchi o‘rinni egallaydi, ammo 2020-yilda u bilan birga raqobatlashgan sportchilarning diskvalifikatsiya qilingani sababli Ivanga bronza medali beriladi.

    Rio—2016 (4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza)

    O‘zbekistonning Olimpiadalardagi eng yaxshi natijasi qayd etilgan Riodagi musobaqada atletlar umumiy hisobda 13 ta medal qo‘lga kiritgan. 2016-yilning 5-avgustidan 21-avgustiga qadar davom etgan Olimpiadada O‘zbekiston nomidan 70 nafar sportchi 15 ta sport turi bo‘yicha bahslarga kirishadi. Qo‘lga kiritilgan 13 ta medal esa O‘zbekistonga umumjamoa hisobida 207 davlat orasida 21-o‘rinni egallashga imkon beradi. Shuningdek, ushbu yilgi musobaqa eng ko‘p oltin medal qo‘lga kiritilgani bilan ham sport ixlosmandlarining yodida qolgan.

    Rio Olimpiadasi sovrindorlarining kutib olinishi

    Rio Olimpiadasi sovrindorlarining kutib olinishi
    Foto: MOQ matbuot xizmati

    Rio Olimpiadasida oltin medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar:

    • Ruslan Nuriddinov — og‘ir atletika, -105 kg (shuningdek, u siltab ko‘tarishda 237 kg og‘irlikni bo‘ysundirib, Olimpiya rekordini o‘rnatgan);
    • Hasanboy Do‘stmatov — boks, -49 kg;
    • Shahobiddin Zoirov — boks, -52 kg;
    • Fazliddin G‘oyibnazarov — boks, -64 kg.
    Yana ikki nafar bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg) va Shahram G‘iyosov (-69 kg) final jangida mag‘lubiyatga uchraydi va Olimpiya o‘yinlarining kumush medali bilan cheklanadi.

    Shuningdek, yana 7 nafar sportchi esa O‘zbekistonga bronza medalini taqdim etadi:
    • Diyorbek O‘ruzboyev — dzyudo, -60 kg;
    • Rishod Sobirov — dzyudo, -66 kg;
    • Murodjon Ahmadaliyev — boks, -56 kg;
    • Rustam To‘laganov — boks, -91 kg;
    • Elmurat Tasmurodov — yunon-rum kurashi, -59 kg;
    • Ixtiyor Navro‘zov — erkin kurash, -65 kg;
    • Magomed Ibragimov — erkin kurash, -97 kg.

    Foto: O‘zA

    Tokio—2020 (3 ta oltin, 2 ta bronza)

    Yaponiya poytaxti mezbonlik qilgan musobaqa aslida 2020-yilda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga qoldiriladi. 2021-yilning 23-iyulidan 8-avgustigacha bo‘lgan muddatda o‘tgan o‘yinlarda O‘zbekistondan 17 xil sport turi bo‘yicha 67 nafar atlet 65 ta yo‘llanma qo‘lga kiritadi.

    Chapdan o‘ngga: Bekzod Abdurahmonov, Ulug‘bek Rashidov, Bahodir Jalolov, Akbar Jo‘rayev, Davlat Bobonov

    Chapdan o‘ngga: Bekzod Abdurahmonov, Ulug‘bek Rashidov, Bahodir Jalolov, Akbar Jo‘rayev, Davlat Bobonov
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Musobaqada 5 ta medal qo‘lga kiritgan delegatsiya umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egalladi. Bahodir Jalolov (boks), Ulug‘bek Rashidov (taekvondo), Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) va Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) esa bronza medalini qo‘lga kiritadi.

    Tokio Olimpiadasida oltin medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar:

    • Ulug‘bek Rashidov — taekvondo, -68 kg;
    • Akbar Jo‘rayev — og‘ir atletika, -109 kg;
    • Bahodir Jalolov — boks, +91 kg.
    Tokio—2020 da bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilar:
    • Davlat Bobonov — dzyudo, -90 kg;
    • Bekzod Abdurahmonov — erkin kurash, -74 kg.

    Mavzuga doir:

    • Tokio Olimpiadasi oltin medal egalariga Tahoe va 4 sotixli hovli, bronza qo‘lga kiritganlarga esa Trailblazer va 2 xonali uy berildi
    • Tokio Olimpiadasi sovrindorlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

    17.08.2021, 15:02   Izoh (0)   20868
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afsonaviy rekordlar muallifi Gerd Myullerni xotirlab (fotogalereya)

    16.08.2021, 22:16

    Legionerlar. Masharipovning omadli debyuti, Shomurodov, Sergeyev va Tursunovdan gol. Odil Ahmedov jamoasi esa mag‘lub bo‘ldi

    16.08.2021, 18:13

    AOKA direktori Asadjon Xo‘jayev O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

    16.08.2021, 17:18

    La Liga. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Barselona” ishonchli g‘alabaga erishdi, Breytueytdan dubl va assist. “Atletiko M” ham mavsumni g‘alaba bilan boshladi

    16.08.2021, 01:18

    APL. Amaldagi chempion “Manchester Siti” safarda “Tottenhem”ga yutqazdi

    15.08.2021, 22:46

    Superliga. “Nasaf” Olmaliqda 90+2-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, “Navbahor” 90+5-daqiqada gol urib, “Lokomotiv”ni yengdi

    15.08.2021, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.