Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatidagi budjet muassasalarida qonunchilik talablarining buzilishi bilan bog‘liq ayrim holatlarni oshkor qildi.

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida Samarqand viloyatidagi budjet tashkilotlari tomonidan xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash hamda qurilish uchun ajratilgan mablag‘larni soxta hujjatlar asosida talon-toroj qilish holatlari aniqlangan.

Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali mansabdorlari markazda ishlovchi 54 nafar ishchi-xodimga umumiy 175 million so‘mlik tug‘ruqqacha va tug‘ruqdan keyingi ta’til, kasallik varaqasi va mehnat ta’tili hamda ustama pullarini asossiz hisoblash orqali davlat budjetining juda ko‘p miqdordagi mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, Samarqand shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasi tomonidan xodimlarga ish haqi sifatida 50 million so‘m va Narpay tuman Obodonlashtirish boshqarmasida jami 29 million so‘m budjet mablag‘lari qonun talablariga rioya qilinmagan holda tasarruf etilgani ma’lum bo‘lgan.

Viloyat prokuratura idoralari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalari bo‘yicha mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida viloyatdagi budjet muassasalarida jami 563 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda viloyatdagi boshqa muassasalarda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?