• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston prezidenti saylovida g‘olib bo‘lishni orzu qilyapman” — Alisher Qodirov

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 6-avgust, juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari plenumida partiya yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov nomzodi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun tavsiya qilindi. Plenumdan keyin OAV vakillariga intervyu bergan Alisher Qodirov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — “Milliy tiklanish” partiyasi siz, Sodiq Safoyev va Feruza Muhammadjonovani prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgan ekan. Ayting-chi, nima uchun sizni tanlashdi?

    — Menda bunaqa ma’lumot yo‘q. Partiyaning barcha fidoiylari juda uzoq muhokamadan keyin bugungi kunda partiyaning ilgari surayotgan g‘oyalari bo‘yicha menga ishonch bildirish masalasini ko‘tarishdi. Bu masalani bugungi plenumning ishonchi bilan qabul qildik. Navbatdagi qiladigan ishlarimiz — Markaziy Saylov Komissiyasi bilan ishlash va ushbu nomzod masalasini yakuniy partiyaning eng oliy organi bo‘lgan syezdning muhokamasiga berish. Agar syezd tomonidan nomzod masalasi ham yakuniy qaror sifatida ma’qullanadigan bo‘lsa, biz, albatta, saylovlarga kirishamiz.

    — Nomzodingiz bugungi plenumda ma’qullandi. Saylov oldidan nimani orzu qilyapsiz?

    — Yutishni, saylovda g‘olib bo‘lishni.

    — Qaysi maqsadlar bilan?

    — Maqsadlarimiz dasturlarimizda belgilangan. O‘zbekistonning rivojlanishi, bugungi muammolarini bartaraf etish, o‘zbek xalqining farovon va yaxshiroq yashashi uchun qilishimiz kerak bo‘lgan barcha masalalar dasturda o‘z aksini topgan. Biz dasturimizda belgilangan masalalarni amalga oshirish uchun hamma imkoniyatlarimizni sarf qilgan holatda mehnat qilishga, albatta, va’da beramiz.

    — “Milliy tiklanish” partiyasi uchinchi bo‘lib nomzodini e’lon qildi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda qanaqa kutib olinayotganini kuzatyapsizmi?

    — Ijtimoiy tarmoqlar xalq degani emas.

    — Lekin xalqning faol qatlami...

    — Yo‘q, men bunday deb o‘ylamayman. Chunki biz ko‘chalarda, bozorlarda yurganda shaxsan o‘zim bir masalaga bir necha oylardan beri e’tibor qaratyapman. Ijtimoiy tarmoqlardagi munosabat bilan ko‘cha-ko‘y, bozorlar, mahallalardagi aholining fikri butunlay bir-biriga teskari tushyapti. Shu narsaga ishonchim komilki, ijtimoiy tarmoqlarda bugun fikrlarni manipulyatsiya qilish, oqni qora, qorani oq qilib ko‘rsatish mumkin. Shu sababli men ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarga emas, bevosita xalqimizning oddiy-oddiy qatlamlarining fikrlariga ko‘proq quloq solishni maqsadga muvofiq deb hisoblagan bo‘lardim.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — Saylovlarda qancha ovoz olishni taxmin qilyapsiz?

    — O‘zbekiston yangilandi va O‘zbekistonda yangi saylovlar bo‘ladi. Hozir Yangi O‘zbekistonda butunlay erkin va haqiqiy saylovlar bo‘lishiga to‘liq ishonamiz. Bu saylovlarda yagona maqsadimiz — O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun o‘z dasturimizni taklif qilish, yagona saylovchi bo‘lgan o‘zbek xalqining xulosasi va qaroriga bo‘ysunish. Niyatimiz — yutish, taxminlarimiz — o‘zbek saylovchisining adolatli baho berishi.

    — Ikki yil avval parlament deputatligiga birinchi urinishda yetarli ovoz to‘play olmagansiz. Bu gal yetarli ovoz yig‘ishga nisbatan ishonchingiz qay darajada?

    — O‘shanda parlament saylovlarida yuzaga kelgan holat bo‘yicha o‘z fikrimni aytganman. Unda biz partiya raisi sifatida barcha viloyatlarda harakatlarimizni amalga oshirganmiz. Ammo o‘z okrugimda ishlamaganman. Bunga saylovchilar haqli ravishda e’tiroz bildirgan. U yerda saylov jarayonlari bo‘yicha yangi tartib joriy qilingan edi. O‘sha paytda 50 foizdan yuqori ovoz olish uchun bizda qisqagina yetishmovchilik bo‘lgan. Biz buni ikkinchi davrada joyiga qo‘ydik va saylovchilarning to‘liq ishonchiga erishganmiz.

    — Siz partiya yetakchisi sifatida doim millat, til, adabiyot kabi masalalarni ko‘tarib kelasiz. Eshitishimiz bo‘yicha farzandlaringiz rus maktablariga qatnaydi. Bunga qanaqa fikr bildirasiz?

    — Farzandlarimning barchasi O‘zbekiston maktablarida o‘qiydi. O‘zbekistonda rus maktabi degan maktab yo‘q. Rus tili o‘qitiladigan maktablar bor. Bugungi kunda O‘zbekistondagi barcha maktablarda rus tili fanlari o‘qitiladi. Mening bolalarim o‘qiydigan maktablarda ham rus tili fanlari o‘qitiladi.

    — Prezident bo‘lsangiz, birinchi bo‘lib qanday islohotlarni amalga oshirasiz?

    — Bu dasturimizda belgilangan. Hozir bu haqda alohida gapirsam, cho‘zilib ketishi mumkin, dasturlarimizda bu aks etadi. Lekin partiya o‘z shiorlariga sodiq qolgan holda, ta’lim va tarbiya sohasini birinchi o‘rinda hamda ustuvor vazifa sifatida isloh qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

    — Saylovlarda aholining ko‘proq qaysi qatlamining ovozini olishni niyat qilyapsiz?

    — Ishonchimiz komil, agar dasturimizda belgilangan vazifalarni xalqimizning barcha qatlamlariga to‘g‘ri yetkazib bera oladigan bo‘lsak, juda keng qatlamning barchasining ishonchiga erishishimiz mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    — Bahsli odamsiz. Nomzodingizni ko‘rsatganingizdan keyin sizga nisbatan tanqidlar ko‘payib ketadi. Bunga munosabatingiz qanday?

    — Yuqorida aytganimdek, tanqidlarni taklif o‘rniga, maqtovlarni tanqid o‘rniga qabul qilaman. Ya’ni barcha maqtovlardan tanqidni ko‘rish kerak, lekin tanqidlardan taklif chiqarib olamiz. Mening fikrlarim ham kimlargadir yoqmasligi mumkin, kimlarningdir fikrlaridan o‘zim uchun xulosa qilaman. Bu o‘zgarish jarayoni. Tanqidlar bilan o‘samiz, o‘zgaramiz va butun O‘zbekiston ham bugungi kunda o‘zgarishi kerak, deb hisoblaymiz.

    — Yaqinda bergan intervyularingizning birida “Biz bu saylovlarda amaldagi hukumatni va hokimiyatni tanqid qilamiz, ularga o‘z tanqidlarimiz bor, kamchiliklarni aytamiz”, — degan edingiz. Bu qanday kamchilik va qanaqa tanqidlar?

    — Bizning takliflarimiz kimlar uchundir tanqid bo‘lishi mumkin. Lekin bizning bu saylovdagi maqsadimiz kimlarnidir tanqid qilish emas. O‘z takliflarimizni saylovchilarga yetkazish. Agar saylovchilarimiz tomonidan ma’qullanadigan bo‘lsa, albatta, buni o‘z fikrlarimizni, takliflarimizni amalga oshirish uchun imkoniyat sifatida qabul qilamiz.

    — Partiya yetakchilarining nomzod sifatida ko‘rsatilishiga fikringiz qanaqa?

    — Bu masalada men mulohaza bildirmayman. Hamma partiya o‘z nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega.

    Mirolim Isajonov yozib oldi

    Mavzuga doir:

    • Bir urinishda parlament deputatligiga saylana olmagan Alisher Qodirov nomzodi prezidentlik saylovida qatnashish uchun tavsiya qilindi
    • “Hukumat emlanmaganlarning erkini cheklashi kerak” — Alisher Qodirov
    • “Bizda hozirgi siyosatni inkor etadigan g‘oyalar bo‘ladi” – Alisher Qodirov prezident saylovlari to‘g‘risida

    06.08.2021, 15:58   Izoh (0)   32143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro prokuraturasi devorining bir qismi o‘pirilib tushgan “Abdullaxon” madrasasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

    06.08.2021, 15:38

    O‘zbekistonda dam olish kunlari ham issiq ob-havo saqlanib qoladi

    06.08.2021, 15:10

    Shavkat Mirziyoyev: “Markaziy Osiyo muammolari yechimiga birgalikda erishamiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q”

    06.08.2021, 14:36

    Rossiya va O‘zbekiston maxsus kuchlari o‘zbek-afg‘on chegarasidagi shartli terrorchilarni yakson qildi (video)

    06.08.2021, 14:10

    “O‘zgidromet” 7-avgust uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    06.08.2021, 13:35

    “Qizim jig‘ingizga tegayotgan bo‘lsa, unga qaramang”. Lola Karimova qizi Maryam Tillayevaning yarimyalang‘och surati yuzasidan bayonot berdi

    06.08.2021, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.