• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: “Markaziy Osiyo muammolari yechimiga birgalikda erishamiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q”

    Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida 6-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon etib, qator takliflarni ilgari surdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qilgan sammitda Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlaridan tashqari BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German ishtirok etgan.

    Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida umumiy siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida mintaqa yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va barqaror taraqqiyot makoniga aylanib borayotganini ta’kidladi.

    Mintaqa ichidagi savdoni kengaytirish zarurligi, to‘laqonli erkin savdo rejimiga o‘tish maqsadida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish muhim ekani qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga qo‘shilgan qiymatning uzun zanjirlarini yaratish mumkin. Buning uchun mamlakatlar tadbirkorlari va hududlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rag‘batlantirish, investitsiya va iqtisodiy forumlarni muntazam o‘tkazib borish lozimligi ta’kidlandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Savdo-iqtisodiy hamkorlikning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish fursati kelganini aytdi.

    Markaziy Osiyoning transport-tranzit salohiyatini samarali ishga solish mintaqa mamlakatlarining umumiy strategik manfaatlariga mos keladi. Keng rivojlangan va integratsiyalashgan transport tizimi Yevrosiyo qit’asining muhim tranzit “xab”iga aylanishga qodir. Shu munosabat bilan davlat rahbari mavjud transport yo‘laklari va infratuzilmasini, shu jumladan, Kaspiy dengizi portlari, yirik transchegaraviy logistika markazlarini imkon qadar to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’minlashga chaqirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bundan tashqari, O‘zbekiston kelajakda “Termiz—Mozori-Sharif—Kobul—Peshavor” transafg‘on yo‘lagi, “Xitoy— Qirg‘iziston—O‘zbekiston” avtomobil va temir yo‘llari imkoniyatlaridan foydalanish niyatida.

    Shuningdek, sanitariya talablariga rioya qilgan holda transport qatnovlarini to‘liq tiklash muhim ekani qayd etildi.

    Mintaqada milliy iqtisodiyotlar va aholi soni o‘sishi ta’sirida energetik xavfsizlik masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan umumiy energetika makonini shakllantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish, bunda “yashil” energetika va energiya tejamkor texnologiyalarni jadal joriy etishga alohida e’tibor qaratish lozimligi aytildi.

    O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlarining Elektr energetikasi muvofiqlashtiruvchi kengashini faollashtirish, uning mandati va vakolatlarini kengaytirish hamda mamlakatlarning kengashdagi vakillik darajasini oshirishni taklif qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Pandemiya sharoitida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi muammolar o‘tkir tus olganiga e’tibor qaratildi. Dunyoning ayrim mintaqalarida narxlar o‘sishi va asosiy oziq-ovqatlarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Davlat rahbari mintaqa mamlakatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, birinchi yig‘ilish kun tartibiga oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish bo‘yicha mintaqaviy tizimni joriy qilish masalasini kiritish taklifini bildirdi.

    Bu oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda ularning sifatini nazorat qilish, shu jumladan, jahon bozoriga yetkazish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar va qo‘shma dasturlarni belgilab olishga xizmat qiladi.

    Pandemiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish va o‘zaro yordam ko‘rsatish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Shavkat Mirziyoyev shu maqsadda test natijalari va emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishga tushirish, yuqumli kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish va davolash, tibbiyot xodimlarini tayyorlash sohasidagi tajriba almashishni kengaytirish, farmakologiya sohasida ilmiy hamkorlikni hamda hayotiy muhim dori vositalarini ishlab chiqarishda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish takliflarini ilgari surdi.

    Davlatimiz rahbari mintaqaning ekologik muammolari hamisha diqqat markazida bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu boradagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, Orol dengizi halokatining oqibatlarini yumshatish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish zarur.

    Shu ma’noda O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarning iqlim o‘zgarishlariga moslashishiga, resurs tejovchi texnologiyalarning yana keng joriy etilishiga xizmat qiladigan “Markaziy Osiyo uchun “yashil” kun tartibi” mintaqaviy dasturini ishlab chiqishni taklif qildi.

    O‘zbekiston yetakchisi mintaqaning dunyoning boshqa yirik mintaqalari bilan aloqalarini mustahkamlash muhim ekanini qayd etdi. Yaqinda Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlagani va delegatsiyalari unda faol ishtirok etgani uchun davlat rahbarlariga minnatdorlik bildirdi.

    Umumiy sa’y-harakatlar bilan ushbu masala bo‘yicha BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinishi, bu jarayonda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi ham faol ishtirok etishiga ishonch bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Mamlakatlarimiz taraqqiyotida mintaqa aholisining aksariyatini tashkil etayotgan yoshlar muhim o‘rin tutishini barchamiz anglab turibmiz. Butun dunyoda yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash davom etayotgan bugungi kunda Markaziy Osiyo kelajagining hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashimiz kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    Xabarda aytilishicha, davlat rahbari kelgusi yilda O‘zbekistonda Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazishni taklif etdi. Bu mamlakatlar hukumatlari va yoshlari o‘rtasida ishonch va do‘stlikni mustahkamlash, ular o‘rtasida interfaol muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun platforma shakllantirishda muhim qadam bo‘ladi.

    O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyoning madaniy merosiga bag‘ishlangan festivallar, madaniyat va kino kunlarini o‘tkazish, birgalikda kitoblar nashr qilish muhim ekanini ta’kidladi.

    Davlat rahbari turizm xizmatlarining butun doirasini qamrab oladigan “Bir sayohat – butun mintaqa” qo‘shma dasturini amaliy ro‘yobga chiqarish taklifini ham ilgari surdi.

    “Bugungi sammit muhim voqea — davlatlarimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi arafasida o‘tayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yillar barchamiz uchun qiyin davr bo‘ldi. Asosiy xulosa shuki, birgalikda, jips bo‘lib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, oldimizda turgan muammolarning yechimiga erishamiz, mintaqaning barqaror taraqqiyoti va aholi farovonligini oshiramiz. Boshqa muqobil yo‘l yo‘q!” — degan Mirziyoyev.

    Uchrashuvda, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga barqaror tus berish, shu maqsadda “xalq diplomatiyasi”, parlamentlar, fuqarolik jamiyati institutlari va media sohasi salohiyatidan yana keng foydalanish muhim ekani ham qayd etilgan.

    “Markaziy Osiyo ayollari muloqoti yanada rivojlanayotgani, gender tenglik sohasidagi global maqsadlarga erishishga qaratilgan muloqotlar kengayib borayotganini olqishlaymiz”, —  deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

    Parlamentarizmning roli ortib borayotganini hisobga olib, Prezident Toshkenda Mintaqaviy parlament forumini o‘tkazishni taklif etdi.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi
    • Foto: “Avaza” sayyohlik zonasida norasmiy uchrashuv o‘tkazgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari

    06.08.2021, 14:36   Izoh (0)   18086
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya va O‘zbekiston maxsus kuchlari o‘zbek-afg‘on chegarasidagi shartli terrorchilarni yakson qildi (video)

    06.08.2021, 14:10

    “O‘zgidromet” 7-avgust uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    06.08.2021, 13:35

    “Qizim jig‘ingizga tegayotgan bo‘lsa, unga qaramang”. Lola Karimova qizi Maryam Tillayevaning yarimyalang‘och surati yuzasidan bayonot berdi

    06.08.2021, 13:30

    Navoiydagi zapravkada Labo yonib ketdi

    06.08.2021, 13:11

    Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqda

    06.08.2021, 12:20

    Foto: “Avaza” sayyohlik zonasida norasmiy uchrashuv o‘tkazgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari

    06.08.2021, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.