Xiaomi kompaniyasi 2021-yilning ikkinchi choragida Yevropa davlatlariga smartfon yetkazib berish bo‘yicha ilk bor birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Strategy Analytics hisobotiga tayanib, Hi-Tech.Mail.ru xabar berdi.
Bozorning dinamik rivojlanishi fonida yil davomida 14,4 foizga o‘sgan Xiaomi miqdoriy jihatdan ham sezilari o‘sishni amalga oshirdi. Hisobot davri davomida kompaniya 12,7 million dona qurilma yetkazib bergan va uning bozordagi ulushi 25,3 foizni tashkil etmoqda.
Yevropadagi top brendlar ro‘yxati:
- Xiaomi (12,7 million qurilma: bozordagi ulushi — 25,3 foiz);
- Samsung (12,7 million qurilma; 24 foiz);
- Apple (9,6 million qurilma; 19,2 foiz);
- Oppo (2,8 million qurilma; 5,6 foiz);
- Realme (1,9 million qurilma; 3,8 foiz);
- Qolgan kompaniyalar (11,1 million qurilma; 22,2 foiz).
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning dastlabki uch oyi ichida butun dunyo bo‘ylab Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi eng ko‘p smartfon sotishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)