Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi 2021-yilning yanvarida dunyo bo‘ylab sotilgan smartfonlarga oid hisobotini tayyorladi. Ro‘yxatdagi eng mashhur 10 ta smartfonning oltitasi iPhone, qolganlari u qadar qimmat bo‘lmagan Android modellari, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

- iPhone 12 — ulushi 6 foiz;
- iPhone 12 Pro Max — 5 foiz;
- iPhone 12 Pro — 4 foiz;
- iPhone 11 — 2 foiz;
- Xiaomi Redmi 9A — 2 foiz;
- Xiaomi Redmi 9 — 2 foiz;
- Samsung Galaxy A21S — 1 foiz;
- iPhone 12 mini — 1 foiz;
- Samsung Galaxy A31 — 1 foiz;
- iPhone SE 2020 — 1 foiz.
Mavzuga doir: 5G aloqa tarmog‘ida ishlaydigan eng tezkor smartfonlar nomi ma’lum qilindi. iPhone 12 raqiblaridan ancha ortda qolmoqda








