Daryo

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Asosiy stavka 2020-yil 10-sentabrdan buyon o‘zgarishsiz qoldirilmoqda

1 daqiqa o‘qish22 046 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank boshqaruvi 10-iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda asosiy stavkani o‘zgarishsiz, yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, mazkur qaror bazaviy inflyatsiya darajasi pasayuvchi trendga o‘tgan bo‘lsa-da, ayrim tovar guruhlari bo‘yicha narxlar o‘sish sur’atlarining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi, mamlakatda iqtisodiy va investitsion faollikning yuqori sur’atda tiklanayotganligi sharoitida yil yakuniga qadar inflyatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlariga erishish va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Markaziy bank boshqaruvi bundan avval, 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ham asosiy stavkani o‘zgarishsiz, yillik 14 foiz darajasida saqlab qolgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil boshida yillik stavka 14 foiz etib tasdiqlagandi. 2019-yilda ushbu stavka 16 foizgacha ko‘tarilgandi. 2020-yil mart oyida ham bazaviy stavka o‘zgarishsiz qoldirilib, 16 foiz deb belgilangandi.

Markaziy bank boshqaruvining 2020-yil 14-apreldagi qarori bilan asosiy stavka 1 foizga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan edi. Iyun oyida esa Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirishi haqida xabarlar tarqaldi, biroq 11-iyun kuni asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qilingan va u 15 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirilgandi.

2020-yil 10-sentabr kuni Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 1 foizga pasaytirib, 14 foiz etib belgiladi. Shundan buyon asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilmoqda.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar