Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, katta tezlikda ketayotgan Nexia avtomobil Shahrisabz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “GAZ-3507” rusumli yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketgan. Nexia yuk mashinaning orqa shinasiga urilishi natijasida avariya sodir bo‘lgan.

Oqibatda yengil mashina haydovchisi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namanganda ikki Damas to‘qnashuvi oqibatda to‘rt yashar qizaloq halok bo‘lgani, Urgutda Cobalt urib yuborgan 5 yoshli qizaloq “ZIL”ning g‘ildiraklari ostida qolib ketgani, Sirdaryoda boshqaruv vaqtida uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi YTH oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)