Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi sudyasi Akmal Ergashev 26-iyul kuni koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova ma’lum qildi.
“Qalampir.uz”ning Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, 38 yoshli sudya avval koronavirusga, keyinchalik esa pnevmoniyaga chalinib, vafot etgan.
Akmal Ergashev 2019-yilda sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning ofisiga bostirib borib, unga sovuq qurol bilan tan jarohati yetkazgan niqobli bosqinchilar ishini ko‘rgan edi.
Izoh (0)