Daryo

Namanganda ikki Damas to‘qnashuvi oqibatda to‘rt yashar qizaloq halok bo‘ldi

Viloyat IIB axborotiga ko‘ra, YTH 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagani oqibatida yuz bergan

1 daqiqa o‘qish60 544 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Namangan viloyatining Chortoq tumanida 23-iyul kuni tongda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt yashar qizaloq halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 23-iyul kuni, taxminan, soat 09:30 da Hazratishoh—Chortoq yo‘lining Chortoq tumani “Bodomzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 12-kilometrida 1992 va 1997-yilda tug‘ilgan haydovchilar boshqaruvidagi ikki Damas ishtirokida to‘qnashuv yuz bergan.

Viloyat IIB axborotiga ko‘ra, YTH 1992-yilda tug‘ilgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagani oqibatida yuz bergan. Hodisa oqibatida Damas’lardan birida (aynan qaysi birida ekaniga aniqlik kiritilmagan) bo‘lgan 1953-yilda tug‘ilgan ayol tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, shu Damas’da bo‘lgan 2017-yilda tug‘ilgan qizcha voqea joyida vafot etgan.

Holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ma’lumot uchun, ushbu modda (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar