Prezident Shavkat Mirziyoyev “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tugatishga doir qaror qabul qildi. Bu haqda Spot ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, “Universal Mobile Systems” (Mobiuz) mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi bo‘yicha ishtirokchi huquqi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga beriladigan bo‘ldi.
Bundan avval Coca-Cola Uzbekistan’dagi davlat ulushi sotilishining uchinchi bosqichi yakunlangani, O‘zbekistonda yarim yilda davlatning salkam 500 ta mulki 1,1 trln so‘mga sotilgani hamda Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 13 ta yirik ko‘chmas obyektni sotuvga chiqarish zarurligini ta’kidlagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)