20-iyul kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

G‘azoda hayit bayramida pufak ko‘tarib olgan falastinlik qizcha.

Foto: “TASS”

Amazon va Blue Origin asoschisi Jeff Bezos va yana uch kishi Texasning g‘arbiy qismida joylashgan xususiy kosmodromidan suborbital parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bundan avval britaniyalik milliarder Richard Brenson koinotga parvoz qilgandi.

Foto: AP Photo

Andijondagi hovlida qurbonlikka so‘yilgan hayvonlarning go‘shtiga qarab turgan mushukcha.

Foto: Twitter / @AndijonlikBegali

Koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turgan Braziliyaning (19 391 845 kishi) Rio-de-Janeyro shahrida skelet tasviri tushirilgan niqob taqib olgan uysiz.

Foto: Getty Images

Toshkent tumanidagi kushxonalardan birida Qurbon hayiti kuni qurbonlikka keltirilayotgan qo‘y.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

G‘azoda Qurbon hayiti namozi o‘qiyotgan jamoat orasida turgan bola.

Foto: “TASS”

Yaponiyalik kolleksioner Ruhey Niskuba olimpiadaga tegishli esdalik nishonlarini Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlari oldidan namoyish etmoqda.

Foto: Reuters

Jakarta shahrida qurbonlikka so‘yilishi kerak bo‘lgan qo‘ylar yaqinida Zuho namozini ado etayotgan ayollar. Indoneziya hukumati Qurbon hayiti namozini masjidlarda jamoat bo‘lib o‘qishni taqiqladi.

Foto: Getty Images

Bagotada askarlar Halok bo‘lgan qahramonlar yodgorligi oldida motam tutmoqda.

Foto: AFP

Quddusda Qurbon hayiti bayramini nishonlayotgan odamlar.

Foto: “TASS”

Avstriyada suv bosgan o‘tloq o‘rtasidagi shiyponda turgan sigirlar.

Foto: AFP

Moskvadagi iyd namozi faqat imomlar, muazzinlar va muftiy o‘rinbosarlari ishtirokida jome masjidida ado etildi.

Foto: “TASS”

San-Salvador shahrida hududiy nazorat rejasini tuzish marosimida qatnashayotgan Salvador harbiylari.

Foto: Reuters

Makka shahrida Qurbon hayiti kuni Qur’onni o‘qib o‘tirgan muslima.

Foto: “TASS”

Jyangsu provinsiyasidagi suv havzasida qurilgan elektr stansiyasida quyosh panellarini tekshirayotgan ishchilar.

Foto: AFP

Istanbuldagi Fotih masjidida ijtimoiy masofa saqlab Qurbon hayiti namozini o‘qish uchun yig‘ilgan musulmonlar.

Foto: Getty Images

Barselona shahri sohilida maxsus po‘kaklar kiyib olgan 80 yoshli Manuel Molina plyaj xodimlari yordamida dengizga tushmoqda.

Foto: Reuters

Moskva yaqinidagi Jukovskiyda o‘tkazilgan MAKS-2021 aerokosmik ko‘rgazmasida namoyish etilgan beshinchi avlod yengil ko‘p funksiyali bir dvigatelli yangi Checkmate qiruvchisi samolyoti prototipi.

Foto: EPA

G‘azoda Qurbon hayitidan keyin ko‘chalarni tozalash ishlari.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Boltiq dengizi sohillarida yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan tyulen bolasi.

Foto: Getty Images

Sidney markazidagi lokdaun ta’siri doirasiga kiritilmagan ishbilarmonlik hududida oziq-ovqat qoldiqlarini olib ketayotgan chag‘alaylar.

Foto: EPA

Nikaraguada 1979-yil diktator Anastasio Somoza ag‘darib tashlangan Sandinistiya inqilobining 42 yilligi nishonlanmoqda.

Foto: “TASS”

Pokistonning Lahor shahrida musson yomg‘irlarining oqibatida ko‘chalar suvga to‘ldi.

Foto: EPA

Bangkokda koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko‘payishi munosabati bilan yangi karantin cheklovlari joriy etildi.

Foto: AP Photo

Seulda jazirama paytida istirohat bog‘ida o‘rnatilgan muzlatgichdan suvni olib ketayotgan aholi vakili.

Foto: EPA