Saudiya Arabistonida Haj ziyorati boshlandi. Makkaga bu yil 60 ming ziyoratchi tashrif buyurishi mumkin, ammo ular faqat qirollik fuqarolari va u yerda yashovchi shaxslardan iborat bo‘ladi, chet elliklar esa pandemiya tufayli ikkinchi yil ham Haj ziyoratiga qo‘yilmaydi. Ziyoratchilarning barchasi 18—65 yoshda va koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi shart.

Foto: AP Photo

Ziyoratchilar soni pandemiyadan avvalgi davrga qaraganda ancha kam bo‘lib, ilgarilari Saudiya Arabistoniga Haj uchun dunyoning turli mamlakatlaridan qariyb 2,5 million kishi tashrif buyurardi. Pandemiyaning ikkinchi yili Haj ziyorati qanday kechayotgani haqida “RBK” fotogalereya tayyorladi.

Foto: AP Photo

Bu yil Haj ziyorati 17—22-iyul kunlari amalga oshiriladi.

Foto: AP Photo

Avvalroq Saudiya Arabistoni Haj va Umra ziyoratlarini amalga oshirish uchun ruxsat bermoqchi ekani, ammo ular koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun maxsus shartlarga amal qilgan holda o‘tkazilishi xabar qilingan edi.

Foto: AP Photo

Shuningdek, Saudiya Arabistonida 30-maydan boshlab qirollik hududiga kirishga qo‘yilgan taqiq 11 ta xorij mamlakati fuqarolari uchun olib tashlandi.

Foto: AP Photo

Saudiya Arabistoni 2020-yil oktabr oyidan boshlab mamlakatda yashovchi aholisi uchun Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat bergan edi. Va o‘sha oy o‘rtalarida mamlakat hukumati yetti oy ichida birinchi marta Makkadagi Al-Harom masjidida namoz o‘qilishiga ruxsat berdi.

Foto: AP Photo

2020-yil noyabridan Saudiya Arabistoni asta-sekinlik bilan 50 yoshdan katta bo‘lmagan ziyoratchilarni manfiy natijali PZR-test bilan Umra ziyorati uchun kiritishni boshladi.

Foto: AP Photo

Avvalroq Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi emlangan ziyoratchilarga Haj uchun ruxsat berishini ma’lum qilgan edi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo