Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon o‘rtasida tor va kengaytirilgan tartibda muzokaralar o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasida strategik sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif doirasida imzolangan 8 ta hujjat almashildi. Tranzit va savdo to‘g‘risidagi hamda Ishbilarmon doiralar vakillari va sayyohlik guruhlari uchun viza tartiblarini soddalashtirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar ular orasida alohida ahamiyatga ega.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida protokol, 2021—2026-yillarga mo‘ljallangan Madaniy almashuv dasturi, turizm masalalari bo‘yicha anglashuv memorandumi, davlat chegarasidan olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risida bayonnoma, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Pokiston diplomatik xizmat akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi, O‘zbekiston—Pokiston ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif doirasida Hukumatlararo komissiya majlisi hamda O‘zbekiston—Pokiston biznes forumida 500 million dollarlikdan ziyod shartnomalar imzolangani ma’lum qilindi.