• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Siz bilan biz ‘Naya Pakistan’ va Yangi O‘zbekistonni quryapmiz”. Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xon muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va tranzit sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali amaliy hamkorlik mustahkamlanib borayotgani, har ikkala mamlakatning taraqqiyot erishish yo‘lidagi islohotlari ham bir-biriga hamohang va o‘xshash ekanini ta’kidladi.

    “Dunyoda yuksak nufuzga ega Pokiston O‘zbekiston uchun salohiyatli va istiqbolli hamkordir. Siz bilan biz ‘Naya Pakistan’ va Yangi O‘zbekistonni quryapmiz. Ijtimoiy yo‘naltirilgan islohotlarimizning mazmuni va ruhi bir-biriga o‘xshash va uyg‘undir. Sizning ushbu tashrifingiz ko‘pqirrali munosabatlarimiz tarixida yangi davrni boshlab beradi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish va rivojlantirishda intilishlari qat’iy ekani va bu borada aniq choralarni ko‘rishga tayyorligini qayd etdilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Keyingi davrda o‘tgan uchrashuvlar hamda onlayn-sammitdan so‘ng o‘zaro munosabatlarda katta siljishga erishildi. Ko‘p qirrali muloqotlar va madaniy almashinuvlar faollashdi.

    Kecha Hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Bugun esa Toshkentda birinchi marta O‘zbekiston va Pokiston ishbilarmonlari biznes-forumi o‘tkazilyapti.

    So‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasida savdo hajmi to‘rt barobar o‘sdi, qo‘shma korxonalar soni deyarli yuzdan ortiqqa ko‘paydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda pokistonlik investorlar tomonidan tashkil etilgan 163 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Pokiston Janubiy Osiyo va jahonning yirik bozorlariga chiqishda O‘zbekiston uchun muhim ko‘prik vazifasini o‘taydi. Termiz– Mozori Sharif–Kobul–Peshovar temiryo‘lining qurilishi nafaqat savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, balki mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

    2021-yil fevral oyida Toshkentda Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston delegatsiyalari xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida ushbu ulkan loyihani amalga oshirish istiqbollarini muhokama etib, temir yo‘lni qurish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi – “yo‘l xaritasi”ni imzolagan edilar.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar savdo-iqtisodiy sohada hali ishga solinmagan katta salohiyatga ega ekani, o‘zaro savdo hajmini 4-5 barobar ko‘paytirish uchun sharoit borligini ta’kidladi.

    Qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik va qurilish, farmatsevtika va kimyo, yengil sanoat va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiyalarni tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Ushbu sohalardagi loyihalar yaqin hamkorlikda amalga oshirilsa, O‘zbekiston va Pokiston iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.

    Muzokarada bunday loyihalarni har tomonlama rag‘batlantirish va tez fursatlarda amalga oshirish uchun barcha zarur yordam va imtiyozlarni berishga kelishib olindi.

    Hududlararo hamkorlik aloqalari kengayib borayotganini alohida qayd etish lozim. 2021-yil fevral oyida Panjob gubernatori yurtimizga tashrif bilan keldi. Namangan viloyati delegatsiyasi Panjob va Sind provinsiyalarida bo‘ldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuvda ikki mamlakat boshqa viloyatlarini ham o‘zaro hamkorlik aloqalari bilan bog‘lash zarurligiga e’tibor qaratildi. 16-iyundan Toshkent va Lahor o‘rtasida aviaqatnov tiklandi. Yangi havo yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish yuk tashishlarning kengayishi va o‘zaro turizmning rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

    O‘zbekiston va Pokiston Afg‘onistondagi salbiy vaziyatning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni ishga solishga, afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini qayta tiklashda ko‘maklashishga tayyorligi qayd etildi.

    Xavfsizlik sohasida qo‘shma guruh tuzish, uning ilk majlisini Toshkentda o‘tkazish taklifi bildirildi.

    Uchrashuvda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, mushtarak ma’naviy merosimizni birgalikda o‘rganish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu rishtalar bugungi kunda tarixiy ildizlardan kuch olib, yanada rivojlanmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar, Muhammad Iqbol, Mirzo G‘olib singari ulug‘ mutafakkir va shoirlarning o‘lmas merosi, ma’rifiy qarashlari xalqlarimizni bog‘lab turadigan mustahkam ma’naviy ko‘prikdir.

    Shu sababli O‘zbekistonda Pokiston tarixi, madaniyati va san’atiga, xususan, urdu tilini o‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda. O‘z navbatida, Pokistonda ham o‘zbek tili va adabiyoti, mamlakat tarixini o‘rganish va tadqiq etishga qaratilgan loyihalarga katta e’tibor qaratilmoqda.

    Jumladan, Panjob universiteti qoshida Bobur merosi markazi, Peshovar universitetida o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha Alisher Navoiy markazi ochilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘z navbatida, O‘zbekistonda ham Pokistonning boy tarixi va madaniyatiga qiziqish tobora o‘sib bormoqda. Jumladan, Sharqning buyuk shoiri, urdu adabiy tiliga asos solgan ulug‘ mutafakkir Mirzo G‘olibning hayoti va ijodi chuqur o‘rganilmoqda.

    O‘zbekistonda Lahordagi betakror Shoh qal’a me’moriy majmuasini, go‘zal Shalimar bog‘larini ziyorat qilishni istaydigan odamlar ko‘plab topiladi.

    Bugungi kunda Pokistonda 10 millionga yaqin naqshbandiya tariqati vakillari, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Boburning ko‘plab muxlislari bor. Ularning Buxoroi sharif, Samarqand va Andijondagi tabarruk qadamjolarga ziyorat safarini amalga oshirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyorlik bildirildi.

    Ikki mamlakat kinoijodkorlari hamkorligida Bobur haqida film suratga olishga kelishildi. So‘nggi uch yilda pokistonlik yoshlarning O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishga bo‘lgan qiziqishi ham ortib bormoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 750 dan ortiq pokistonlik yoshlar mazkur yo‘nalishda ta’lim olmoqda.

    Inson salomatligini asrash yo‘lida tibbiy ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish xalqlar manfaatlariga xizmat qilishi tabiiydir.

    Avvalroq Toshkentda Pokiston bosh vaziri Imron Xonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lgani, Imron Xon Shavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi uchrashuvda uni Pokistonga taklif qilgani hamda Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan konferensiya doirasida Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

    15.07.2021, 21:12   Izoh (0)   22816
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Imron Xon Shavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi uchrashuvda uni Pokistonga taklif qildi

    15.07.2021, 20:41

    O‘zbekistonda koronavirus nega aynan iyun—iyul oylarida kuchayib ketayotgani haqidagi savolga mutaxassis javob berdi

    15.07.2021, 20:26

    O‘zbekistonlik ayol erining 400 mln so‘mini totalizatorda yutqazib qo‘ydi

    15.07.2021, 20:11

    Qashqadaryoda bemordan 5 ming so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatilgan shifokor ish joyiga qayta tiklandi

    15.07.2021, 19:40

    Surxondaryoda to‘xtash ishorasiga amal qilmay, YPX xodimini urib ketgan haydovchi qamoqqa olindi

    15.07.2021, 19:25

    Toshkentda Pokiston bosh vaziri Imron Xonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi (foto)

    15.07.2021, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.