Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 13-iyul, seshanba kuni kuchli do‘l yog‘di. Voqea guvohlarining aytishicha, kattaligi toshdek keladigan do‘l kuchli yomg‘ir aralash yog‘gan. Tumanda avval bunday do‘l yog‘ishi kuzatilmagan.

Kuchli do‘l yog‘ishi ortidan tumanda sel kelishi kuzatilgan. FVB va IIB qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Ma’lum qilinishicha, sel kelishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan yana 6 nafar shaxs tan jarohati olgan.

Shavkat Abdurazzoqov tabiiy ofat yuz bergan “Obod” mahallasiga tashrif buyurib aholi bilan suhbatlashdi ularni holida xabar oldi.

Quyida ushbu do‘l va sel oqibatlari tasvirlangan suratlarni namoyish qilamiz.

Foto: Telegram / Kosonsoy

Do‘l donachalari

Foto: Telegram / Kosonsoy

Do‘l yog‘ganidan so‘ng Namangandagi hovlining holati

Foto: Telegram

Foto: Telegram / Kosonsoy

Foto: Telegram / Kosonsoy

Do‘l oqibatida to‘kilgan tutlar

Foto: Telegram / Kosonsoy

Foto: Telegram

Namangandagi uy hovlisi do‘l donachalari bilan qoplandi

Foto: Telegram

Tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan mahallaga kelgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov (o‘ngda)

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Do‘ldan so‘ng Kosonsoyda kuchli sel keldi. Sel oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi.

Foto: Telegram / Kosonsoy