Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov sel yopirilgan va kuchli do‘l yog‘gan Kosonsoy tumaniga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Bugun, 13-iyul kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari soat 13:35 atrofida Namangan viloyatining Kosonsoy tumani, “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi Kosonsoy soyidan oqib kelgan.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan va 6 nafar fuqaro jarohat olgan.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Shavkat Abdurazzoqov tabiiy ofat yuz bergan “Obod” mahallasida bo‘ldi.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Viloyat hokimiga FVB, IIB, Milliy gvardiya boshliqlari va prokuratura xodimlari hamrohlik qilgan. Ular mahalliy mutasaddilar va aholi bilan muloqotda bo‘lgani, holatni ko‘zdan kechirgani va vaziyatni o‘rgangani aytilmoqda.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati

Hozirda hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Foto: Namangan viloyat FVB matbuot xizmati