Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 13-iyul kuni do‘l yog‘gandi. Do‘l ortidan Kosonsoy soyiga sel keldi.

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, sel oqibatida bir necha odamlar oqib ketgan.

Viloyat FVB matbuot xizmatining xabar berishicha, 13-iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ish natijasida Kosonsoy soyiga sel kelgan.

Hozirda FVB, IIB, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

“Namangan suv ta’minot” matbuot xizmati Kosonsoy tumanida soy suvining haddan tashqari loyqaligi sababli suv uzatish inshootidan aholiga ichimlik suvi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?