Toshkentda 15—16-iyul kunlari  “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Unda 400 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Poytaxt IIBB matbuot xizmati tadbirni o‘tkazish jarayonida Tashkent City majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilishini ma’lum qildi:

  • Islom Karimov ko‘chasi: Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha;
  • Olmazor ko‘chasi: Beshyog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, ushbu ko‘chalarga tutash yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanishi mumkin.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

“Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.