Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent shahri Yunusobod tumanida “Toshissiqquvati” DUKning ayrim mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Toshissiqquvati” Yunusobod tumani issiqlik tarqatish bo‘limi mas’ullari suv hisoblagichlarning sertifikatlari tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmagani, markazlashgan bazaga ma’lumotlar o‘z vaqtida kiritilmagani oqibatida 61 ta iste’molchi tomonidan 110,5 million so‘mlik noreal qarzdorlikni vujudga kelishiga yo‘l qo‘ygan.

Shuningdek, 31 million so‘m muddati o‘tgan debitor qarzdorlikni undirish choralari ko‘rmasdan kelayotgani natijasida davlat manfaatlariga zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Samarqand va Qarshida yerni noqonuniy ravishda sotayotgan sobiq mansabdor va hokimlik vakili ushlangani, Jizzax shahar hokimining qaroriga keltirilgan protestini tanishlari orqali bekor qildirish uchun 2,5 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingani hamda Farg‘onada bosqinchilikda ayblanganlar sud zalidan qochib ketishi yuzasidan IIB mansabdorlariga jinoiy ish ochilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda