Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Pop tumanida 38 yoshli erkak Nexia urib yuborishi oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati

Voqea 26-iyun kuni soat 08:30 larda Pungon—G‘urumsaroy—Pop yo‘lining 24 kilometrida yuz bergan. 75 yoshli haydovchi Nexia’ni boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lini kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan 26-iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Qashqadaryoda Nexia-3 urib yuborishi oqibatida velosiped mingan bobo va nabira vafot etgani, Termizda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan Cobalt haydovchisi uning o‘limiga sababchi bo‘lgani, Toshkentda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi