Daryo

Toshkentda piyoda Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

1 daqiqa o‘qish29 334 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar Olmazor tumanida Lacetti avtomashinasi piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda Toshkent IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBBQayd etilishicha, hodisa 1-iyun kuni soat 22:40 da Olmazor tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1996-yilda Buxoroda tug‘ilgan Sh.Q. ishonchnoma asosida Lacetti avtomobilini boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda 1986-yilda Andijonda tug‘ilgan piyoda M.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazildi. U 2-iyun kuni shifoxonada vafot etdi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Buxoroda Nexia va Lacetti to‘qnashishi oqibatda yo‘lovchilardan biri vafot etgani, Surxondaryoda tezlikni me’yordan oshirgan Spark haydovchisi piyodani urib yuborgani hamda Samarqandda Lacetti bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar