AQShda Xeyli Iliff ismli qiz uyda yo‘qligida xonadoniga yenotlar kirib olganini payqab qoldi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Iliff boshqa shahardan uyiga qaytib kelgan va shiftda paydo bo‘lgan teshikni ko‘rgan — yenotlar shu orqali uning yotoqxonasiga bostirib kirgan. Keyinroq shiftdan yana to‘rtta yirtqich tushib kelgan.
“Ular xonamda qirg‘in uyushtirdi. Quvib yuborgunimizga qadar hali nimalar qiladi?! Ularning tashrifi oqibatlarini bartaraf etish qanchaga tushishini tasavvur ham qila olmayman. Kamida yangi choyshablar kerak bo‘lishi aniq — hayvonlar karavotimdan hojatxona sifatida foydalanishga qaror qilibdi”, — deydi qiz.
humane society couldn’t help bc it was a mamma raccoon protecting her babies (probably living in our roof) so we’ve been waiting for someone to come since yesterday at 5pm pic.twitter.com/yQxDiJPHtf
— haley iliff (@haley_iliff) June 26, 2021
Iliff hamxonasi bilan AQSh Hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan, biroq urg‘ochi yenot o‘z bolalarini agressiv himoya qilgani uchun ularga bir sutkadan keyin yordam ko‘rsatilgan.
Avvalroq yenot o‘z uyida MMA janglarini o‘tkazishi, uning asosiy do‘sti va raqibi — doim revanshlarga tayyor o‘jar it ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)