Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonga Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina kelishi kutilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovga tayanib, “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Botir Qurbonov chet elga o‘qishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolardan “Nega O‘zbekistonda JSST tasdiqlagan vaksinalar bilan emlash olib borilmayapti?” deyilgan savolga javob qaytardi.

“Avgust oyida O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina kelishi kutilmoqda”, — deydi Qurbonov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston COVAX’ga 2020-yilning avgust oyida qo‘shilgan. Dasturning maqsadi litsenziyalangan vaksinani uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida teng ravishda taqsimlashdir. Mamlakatga 2 milliondan ortiq dozada AstraZeneca vaksinasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Mart oyining o‘rtalarida 660 ming dozadan iborat birinchi partiya qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlandi. Emlash ixtiyoriy va bepul, vaksina olishdan bosh tortganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. 22-iyundan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaygan — endi 50 yosh va undan kattalar bepul vaksina olishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda