Daryo

O‘zbekistonda hozirga qadar xavf guruhiga kiruvchi aholining qanchasi emlangani to‘g‘risida ma’lumot berildi

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining 60 foizi vaksinatsiyadan o‘tgan

1 daqiqa o‘qish29 882 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi haqida ma’lumot beruvchi “Vaksinauz” kanali mamlakatda bugungi kunda xavf guruhiga kiruvchi aholining vaksinatsiya bilan qamrab olinganlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 65 yosh va undan kattalarning 37 foizi koronavirusga qarshi emlangan. Shuningdek:
  • tibbiyot xodimlarining — 96 foizi;
  • umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining — 61,5 foizi;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining — 67 foizi;
  • surunkali kasalliklari bor kishilarning — 40 foizi;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining — 60 foizi vaksinatsiyadan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlandi. Emlash ixtiyoriy va bepul, vaksina olishdan bosh tortganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. 22-iyundan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaygan — endi 50 yosh va undan kattalar bepul vaksina olishi mumkin.

Mavzuga doir: O‘zbek–xitoy vaksinasining koronavirusning “hindcha” shtammiga qarshi ta’siri o‘rganilmoqda

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar