Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1-apreldan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlari boshlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Podrobno”ning sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyevga tayanib yozishicha, mamlakatda uch oy ichida 4 million aholi koronavirusga qarshi emlanadi.

“Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, O‘zbekistonda 7-8 million kishi vaksinatsiyaga muhtoj. Bular birinchi navbatda 65 yoshdan oshgan keksalar, koronavirusning og‘ir shakli rivojlanishi mumkin bo‘lgan surunkali kasalligi borlar, shuningdek, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘cha va huquq-tartibot organlari xodimlari”, — deydi vazir.

Emlashning birinchi bosqichida, aholining aynan shu qatlami qamrab olinadi. Buning uchun mamlakat bo‘ylab 3138 ta emlash punkti va 862 ta harakatdagi tibbiy brigada shay holatga keltirilgan. Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.

“Vaksinatsiya jarayoni apreldan iyunga qadar uch oy davom etadi, bu vaqt ichida Xitoy va Rossiyadan qo‘shimcha vaksina olamiz. O‘ylaymanki, shu uch oy ichida dastlabki to‘rt million kishini emlab bo‘lamiz”, — deya qo‘shimcha qiladi sog‘liqni saqlash vaziri.

Avvalroq O‘zbekistonda aholining ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanishni istamayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ayni paytda O‘zbekistonda 1 million 660 ming doza vaksina bor. Ularning 660 ming dozasi COVAX jamg‘armasi tomonidan olib kelingan AstraZeneca vaksinasi, 1 million dozasi O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi. Aholini ushbu vaksinalar bilan emlash bir paytning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda emlanuvchi birinchi emlanishni qaysi vaksina bilan boshlasa, ikkinchisini ham aynan o‘sha vaksina bilan yakunlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Rossiyadan 1 million doza “Sputnik V” vaksinasini sotib olishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi