Janubiy Koreyada buzish ishlari paytida jamoat transporti to‘xtash joyiga bino qulab tushdi. Natijada eng kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohatlandi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Foto: EPA

Xabarga ko‘ra, halokat Kvandju shahrida sodir bo‘lgan. Barcha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bekat yonida to‘xtab turgan avtobus yo‘lovchilari bo‘lgan. Jarohatlanganlar og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Qutqaruv xizmatlari qulagan binoning ostida o‘tkinchilar yoki quruvchilarning bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Besh qavatli binoning nazoratsiz qulashi sababi o‘rganilmoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA