Daryo

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi

Markaziy bank 18-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

1 daqiqa o‘qish54 868 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank 18-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,43 so‘mga pastlab, 10 581,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 195,54 so‘mga pastlab, 12 645,39 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pastlab, 10 590,46 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi olti kunlik ko‘tarilishdan so‘ng qatorasiga ikkinchi kun pastladi.

Mamlakatdagi tijorat banklarida esa 16-iyun kuni dollar kursi 10 670 so‘mga qadar oshgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar