Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda 18-iyun kuni prezident saylovida ovoz berish boshlandi. Saylov uchastkalari ovoz beruvchilar uchun mahalliy vaqt bilan 00:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 00:30) ochiq bo‘ladi. Amaldagi prezident Hasan Ruhoniy ushbu lavozimni ketma-ket ikki muddat egallagani tufayli saylovda qatnashmaydi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Eron prezidentligi uchun to‘rt nafar nomzod raqobatlashmoqda. Dastlab, nomzodlar yetti kishi bo‘lgan, ammo so‘nggi bir hafta ichida 3 kishi o‘z nomzodini qaytarib olgan.

Ibrohim Raisiy prezidentlik poygasida favorit bo‘lib turibdi. AQSh sanksiyalariga uchragan 60 yoshli siyosatchi 2019-yildan beri Eron sud hokimiyatining rahbari bo‘lib, undan avval bosh prokuror vazifasini bajargan. Saylov kampaniyasi davomida Ibrohim Raisi qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurashishga, to‘rt yil ichida 4 million yangi uy qurishga va “Eronda kuchli xalq hokimyati” qurishga va’da bergan.

2017-yilda ham Ibrohim Raisiy prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan, ammo Hasan Ruhoniyga yutqazgan edi. Raisi ilgari Eron va oltita xalqaro vositachilar o‘rtasidagi Eron atom bitimini qattiq tanqid qilgan. Biroq endi u boshqa nomzodlar singari, agar AQSh bitimga qaytadigan bo‘lsa, bitim shartlarini bajarishga tayyorligini bildirmoqda.

Raisiydan keyingi o‘rinda 1980-90 yillarda Islom inqilobi posbonlari korpusini boshqargan Muhsin Rizoiy prezidentlik uchun kurash olib bormoqda, ammo u Raisiydan ancha orqada. Shuningdek, Eron Markaziy bankining sobiq rahbari Abdulnasir Himmatiy va parlament raisi o‘rinbosari Amir Husayn Qozizoda Hoshimiy ham saylovda nomzod sifatida ishtirok etmoqda.

Eron prezidenti to‘rt yillik muddatga saylanadi. G‘olib bo‘lish uchun nomzod kamida 50 foiz va qo‘shimcha bitta ovoz to‘plashi kerak.

Qonunga ko‘ra, prezident quyidagi talablarga javob beradigan diniy va siyosiy arboblar orasidan saylanishi kerak: kelib chiqishi eronlik bo‘lgan, Eron fuqaroligiga, tashkilotchilik qobiliyatiga, munosib tarjimayi hol va taqvoga ega bo‘lishi, dini va e’tiqodi Eron Islom Respublikasi qadriyatlariga va mamlakat rasmiy diniga mos bo‘lishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi