“Soyuzmultfilm” animatsiya studiyasi Biblioteka Aromatov parfyumer brendi bilan hamkorlikda sovet davriga oid multfilmlarning taniqli qahramonlari hidiga ega o‘n turdagi atirlarni tayyorladi, deb xabar beradi “Film.ru”.
“Ha-ha, bu hazil emas, o‘z iforingizni tanlang va bu haqda do‘stlaringizga so‘zlab bering. ‘Soyuzmultfilm’ kinostudiyasi yubileyi munosabati bilan sevimli multfilmingiz muhitini paydo qiladigan haqiqiy iforlar kolleksiyasini chiqardik”, — deyiladi kinostudiyaning Instagram’dagi anonsida.
Kolleksiya orqali jami 10 turdagi atir taqdim etilgan. Masalan, “Cheburashka”dan apelsin, “Kichkintoy va Karlson”dan — yog‘li shirin bulochka va malinali murabbo, “Prostokvashino”dan — tonggi shabnam, “Tumandagi tipratikan”dan — quyuq tuman, “Senimi, shoshmay tur!”dan esa quvnoqlik ifori keladi.
https://www.instagram.com/p/CP0_SIGHHDZ/
Shuningdek, multfilmlar iforlari seriyasidan “Shercha va toshbaqa”, “Uchinchi sayyora siri”, “To‘q sariq sigir”, “Bremenlik musiqachilar” va “Vinni Pux” ham o‘rin olgan.
Bitta flakon narxi 1950 rublni (27 dollar) tashkil etadi.