NASA’ning GEOS-East meteorologik sun’iy yo‘ldoshi 10-iyun kuni kuzatilgan Quyosh tutilishida Yer qanday ko‘rinishga kirganini kosmosdan turib tasvirga oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter / Spaceanswers

Halqasimon quyosh tutilishi Oy Yer va Quyosh orasidan o‘tayotib, vaqtincha Quyosh nurlarini to‘sib qo‘yganida sodir bo‘ladi. Biroq halqasimon tutilish vaqtida Oy Yerdan juda ham uzoqda bo‘lgani sabab Quyoshni to‘liq to‘sib qo‘ya olmaydi, shu sababli Quyoshning yorqin chetlari ko‘rinib turaveradi.

Kosmosdan qaralganda sodir bo‘lgan tabiat hodisasi mutlaqo boshqacha ko‘rinish oladi. GEOS-East Oy va Yer o‘rtasida joylashib, tabiiy yo‘ldoshning sayyora yuzasiga tushgan soyasini tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Yerning shimoliy yarimsharida yashovchilar 10-iyun kuni 2021-yil hisobida birinchi marta Quyosh tutilishiga guvoh bo‘ldi. Mazkur Quyosh tutilishi O‘zbekiston aholisi uchun ham kuzatish mumkin bo‘lgan 2021-yildagi birinchi tutilish hisoblanadi. O‘zbekistonda tutilish Toshkent vaqti bilan 16:58 da boshlanib, 17:53 da tugagan.