O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. Xo‘jand xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kuzatdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonda 2 kunlik rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon avval tor, so‘ngra kengaytirilgan tartibda yig‘ilish o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki mamlakat o‘rtasida jami 35 ta hujjat imzolandi.

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tgan konsert oldidan Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali “Zarrintoj” ordeni bilan mukofotladi.

Tashrifning ikkinchi kuni prezidentlar Xo‘jandga keldi. U yerda “Qayroqqum gilamlari” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.