O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida “Qayroqqum gilamlari” korxonasini borib ko‘rdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu fabrika 1957-yilda ishga tushirilgan. 2019-yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar o‘rnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Qayroqqum gilamlari Sharq an’analarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Navbatdagi obyekt tomon yo‘l olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida to‘xtadi. Prezidentlar suv omborini ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi.

Avvalroq Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali “Zarrintoj” ordeni bilan mukofotlagani, Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tgani hamda Shavkat Mirziyoyev Dushanbedan Xo‘jandga kelgani haqida xabar berilgandi.