Markaziy bank 14-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,03 so‘mga ko‘tarilib, 10 597,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 1,73 so‘mga pastlab, 12 879,64 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 16,61 so‘mga ko‘tarilib, 10 588,01 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga to‘rtinchi kun ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-iyundan 2 ming va 20 ming so‘mlik yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi.
Izoh (0)