Ispaniya La Ligasining 2020/21-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqladi.

Foto: Twitter

Unga ko‘ra “Atletiko M” darvozaboni Yan Oblak o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sloveniyalik posbon 38 o‘yinda maydonga tushib, shularning 18 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va mavsum davomida 103 ta seyvni amalga oshirdi. Uning o‘tkazib yuborgan gollari soni esa 25 tani tashkil qiladi.

Oblak “Atletiko M” bilan 6 yillik tanaffusdan so‘ng yana Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.

2014-yildan beri Madrid klubida harakat qilayotgan 28 yoshli darvozabon may oyida ham La Liganing eng futbolchisiga beriladigan sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Mavzuga doir: