Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Atletiko” darvozaboni jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.

Foto: Marca

Foto: Marca
Kelajagim borasida hech narsa deya olmayman. “Atletiko”da yetti yildan buyon o‘ynayman va yana ikki yillik shartnomam bor. Boshqalar singari men ham oldindan hech narsani ayta olmayman. Barchasi “Atletiko”ga bog‘liq — futbolchini sotish yoki olib qolish borasida klub qaror qabul qiladi.

Men bu yerda 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazdim, chempionlik nashidasini surdim va boshqa hech narsa haqida o‘ylaganim yo‘q. Shu yerda baxtliman. Kelajak bizga nima taqdim etishini, ko‘ramiz

Yan Oblak, “Atletiko” darvozaboni

Avvalroq Oblak Angliya Premyer Ligasida o‘ynash g‘oyasi unga yoqqanini aytib o‘tgandi.

Oblak 2014-yilda 13 million yevro evaziga “Benfika”dan “Atletiko”ga o‘tgan edi. 2020/21-yilgi mavsumda 28 yoshli darvozabon La Ligada 38 o‘yinda 25 ta golni o‘z darvozasidan olib chiqdi.

Mavzuga doir: La Liganing may oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank