Farg‘onada yetishtirilgan giloslar Singapur bozorlariga yetkazib berildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, Singapurga eksport qilingan Farg‘ona giloslari yarim kilolik qutilarga qadoqlanib, supermarketlarda 8,8 dollardan sotilmoqda. Shuningdek, viloyat hokimligi yordamida maxsus charter reyslar yo‘lga qo‘yilib, Janubiy Koreyaga ham katta miqdorda gilos eksport qilinmoqda.

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, viloyatning Quva tumani hamda Quvasoy shahri gilos yetishtirishda yetakchilik qilmoqda.

Foto: “Daryo”

Ma’lumot berilishicha, 2020-yil davomida jami 30 million dollarga teng bo‘lgan 1389 partiyadagi 13 ming 360 tonna gilos Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Koreya, Litva, BAA, Polsha, Ukraina, Belgiya va Xitoy kabi davlatlarga eksport qilingan.